WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Abdulaziz Komilov Falastin tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mazen Shamiyani qabul qildi
Abdulaziz Komilov Falastin tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mazen Shamiyani qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Falastin tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mazen Shamiyani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida O‘zbekiston—Falastin munosabatlari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Muzokaralarda Falastin elchisi Muhammad Tarshahaniy ishtirok etdi.
Falastin delegatsiyasining tashrif dasturida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, qator vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?