» » Gyotse eng omadsiz, Levandovski esa eng yaxshi. Bundesligada mavsum qahramonlari aniqlandi

Gyotse eng omadsiz, Levandovski esa eng yaxshi. Bundesligada mavsum qahramonlari aniqlandi


Kicker nashri Germaniya Bundesligasining 2019/20-yilgi mavsumi qahramonlarini aniqlash uchun 270 nafar professional futbolchilar ishtirokida anonim so‘rovnoma o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski topildi. Polshalik futbolchi bu borada “Borussiya Dortmund” vingeri Jeydon Sanchoni ortda qoldirdi.

Mavsumning eng omadsiz o‘yinchisi nomiga dortmundliklarning yana bir a’zosi Mario Gyotse loyiq ko‘rildi. Gyotse 30% ovoz olib, “Shalke-04” darvozaboni Aleksander Nyubelni (11,5%) ortda qoldirdi.

Bundesliga 2019/20-yilgi mavsumi laureatlari bilan tanishing:

Eng yaxshi o‘yinchi — Robert Levandovski (“Bavariya”);

Eng yaxshi murabbiy — Xans-Diter Flik (“Bavariya”);

Eng yaxshi darvozabon — Manuel Noyer (“Bavariya”);

Mavsum kashfiyoti — Alfonso Devis (“Bavariya”);

Mavsum omadsizi — Mario Gyotse (“Borussiya D”);

Eng omadsiz murabbiy — Yurgen Klinsmann (“Herta”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют