» » Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida 42 kishi koronavirus va pnevmoniyadan vafot etdi, Qozog‘istonda esa yana 1630 kishida COVID-19 aniqlandi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida 42 kishi koronavirus va pnevmoniyadan vafot etdi, Qozog‘istonda esa yana 1630 kishida COVID-19 aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 885 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 745 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1630 kishini tashkil etgan, deb xabar beradi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 73 468 kishiga yetgan. Hozirga qadar 45 376 kishi sog‘aygan, 585 kishi virus qurboniga aylangan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi mamlakatda 2 million nafarga yaqin odam koronavirus bilan kasallanib, tuzalib bo‘lganini taxmin qildi

Qirg‘izistonda 21-iyul holatiga ko‘ra, koronavirus va shifoxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya bilan kasallanish bo‘yicha yana 1108 ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Kloop.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 323 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 va kasalxonadan tashqarida yuqtirilgan pnevmoniya bilan kasallanganlarning umumiy soni 28 251 kishiga yetgan. Koronavirus va pnevmoniya bilan kasallanganlarga oid statistika umumiylashtirilgach, ularning soni ortib ketgan.

Shuningdek, Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida pnevmoniya bilan kasallangan 781 bemor sog‘aygan. Ayni vaqtda kasallikdan sog‘ayganlar soni 14 776 kishiga yetdi.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tgan bir sutka ichida 42 kishida koronavirus va pnevmoniyadan vafot etgan qayd qilingan. Respublikada pandemiya boshlanganidan buyon vafot etganlar soni 1079 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: Qirg‘izistonda Bishkekdagi tez yordam xodimlarining chorak qismi COVID-19 va pnevmoniya bilan kasallangan

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 63 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 35 526 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 23 741 bemor tuzaldi. Umumiy hisobda 1185 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6921 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 43 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 51 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 57 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 5929 bemor sog‘aygan.

Mavzuga doir: Turkmanistonda barcha masjidlar yopilib, poyezdlar harakati to‘xtatildi. Mamlakatda koronavirus rasman qayd etilmagan

O‘zbekistonda 21-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 590 nafarga yetdi. Ayni paytda O‘zbekistonda 9463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etib kelayotgan statistika bo‘yicha mamlakatda epidemiya boshlaganidan buyon 92 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют