» » Livan armiyasi Suriya bilan chegarada terrorchilar lageriga hujum qildi

Livan armiyasi Suriya bilan chegarada terrorchilar lageriga hujum qildi


Livan harbiy-havo kuchlari vertolyotlari 24-aprel, dushanba kuni Suriya bilan chegaradagi Ras-Baalbak va Al-Kaa shaharlari chekka qismidagi terrorchilar lagerlariga reydlarni amalga oshirdi. Bu haqda LBC telekanali xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

Hujumlardan biri davomida raketalar IShID guruhi dala qo‘mondonlari yig‘ilish o‘tkazayotgan joyga uchirilgan.

Operatsiya natijasida 20 dan ortiq jangari o‘ldirilgan va yaralangan. Bir vaqtning o‘zida Livan armiyasi artilleriyasi terrorchilarning yaqin-atrofdagi tog‘ daralaridagi o‘t ochish pozitsiyalarini yo‘q qildi.

Livan qo‘shinlarining operatsiyasi Suriya harbiy-havo kuchlarining Damashqdan 60 kilometr masofadagi G‘arbiy Kalyamun tog‘ hududidagi IShID bazalariga hujumi bilan bir paytda amalga oshirildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (25-04-2017, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют