» » Garet Beyl “Real”ni tark etadimi? Uning agenti javob berdi

Garet Beyl “Real”ni tark etadimi? Uning agenti javob berdi


“Real” hujumkor yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett uelslik futbolchining Madrid klubini tark etish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

“Garet yaxshi holatda. Uning “Real” bilan shartnomasi tugashiga yana ikki yil bor. U Madridda baxtiyor yashamoqda, u hech qayerga ketmaydi. Beyl jamoaning qolgan a’zolari kabi yaxshi holatda. Zidan ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Albatta, turli klublar Garetga qiziqish bildirmoqda, biroq biror klubda uni sotib olish imkoniyati borligiga ishonish qiyin. Garet “Real”ni tark etmaydi”, — deydi Barnett.

Avvalroq “Real” Beylning ikki yillik maoshini to‘lab berib, u bilan shartnomani to‘xtatmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

31 yoshli Beyl Ispaniya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va xuddi shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi.

Garet Beylning “Real” safida La Ligada urgan top-25 golini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir: “Real” muxlislari mavsumning eng yaxshi va yomon o‘yinchisini aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 48) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют