» » Ronaldu A Seriyada Andrey Shevchenkoning rekordini yangiladi

Ronaldu A Seriyada Andrey Shevchenkoning rekordini yangiladi


Italiya chempionatining 34-tur uchrashuvida “Yuventus” Rimning “Latsio” klubini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda “Yuventus”ning har ikkala goliga Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi. Shu tariqa Ronaldu A Seriyadagi gollari sonini 50 tadan oshirib oldi va “Milan” sobiq hujumchisi Andrey Shevchenkoning rekordini yangiladi. 50 ta to‘p kiritish uchun Shevchenkoga 69 ta o‘yin kerak bo‘lgan bo‘lsa, Ronalduga 61 ta uchrashuv kifoya qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018-yilning yozida 117 million yevroga evaziga Turin klubiga o‘tgan edi. Krishtianu joriy mavsum Italiya chempionati bahslarida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol urgan va 5 ta golga hammualliflik qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Ronalduning “Yuventus” safidagi dastlabki 50 ta golini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют