» » Chiro Immobile A Seriyada 14 yil oldingi natijani takrorladi

Chiro Immobile A Seriyada 14 yil oldingi natijani takrorladi


Rimning “Latsio” klubi hujumchisi Chiro Immobile Italiya A Seriyasining 34-turi doirasida o‘tkazilgan “Yuventus”ga qarshi bahsda (1:2) raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

30 yoshli hujumchi uchrashuvning 83-daqiqasida 11 metrlik penaltini aniq amalga oshirdi. Bu Immobile uchun ushbu mavsum A Seriyadagi 30-gol bo‘ldi. Shu tariqa Immobile A Seriyaning bir mavsumida 30 va undan ko‘proq gol urgan italiyalik beshinchi futbolchiga aylandi.

Undan oldin bunday natijani 1929/1930-yilgi mavsumda Juzeppe Meatssa (31 ta gol), Feliche Borel (1933/1934-yilgi mavsum, 31 ta gol), Antonio Anjelilo (1958/1959, 33) va Luka Toni (2005/2006, 31) qayd etgan.

Immobile 2016-yilda “Borussiya Dortmund” klubidan 9,45 million yevro evaziga “Latsio”ga o‘tgan. U ushbu vaqt mobaynida klub safida 173 ta o‘yinda maydonga tushib, 118 ta gol urdi va 33 ta golga assistentlik qildi. Uning Rim klubi bilan shartnomasi 2023-yilning 30-iyunigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda u 30 ta goli bilan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib turibdi.

Mavzuga doir: Arablar qo‘liga o‘tayotgan “Nyukasl” A Seriya to‘purari uchun 135 mln yevro sarflashga tayyor

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют