» » Surxondaryoda kanalga tushib ketgan Damas suvdan olib chiqildi

Surxondaryoda kanalga tushib ketgan Damas suvdan olib chiqildi


Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida kanalga tushib ketgan Damas avtomobil olib chiqildi, deya xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qayd etilishicha, 2020-yil 20-iyul kuni soat 08:25 atrofida Jarqo‘rg‘on tumani “G‘ur-g‘ur” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Amuzang kanaliga fuqaro T.A.ga tegishli Damas avtomashina haydovchi ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat FVB g‘avvos-qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, avtoulov kanalning qaysi qismiga tushib ketganligiga aniqlik kiritdi va samarali, tezkor harakatlar natijasida avtomashinani suvdan olib chiqdi.

Amaliy yordam ko‘rsatish ishlariga favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2 ta maxsus texnika, 10 nafar qutqaruvchi jalb qilindi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют