» » “Pandemiya davrida 27 ming nafar ishsizga 20 milliard so‘mga yaqin nafaqa to‘lab berildi” – Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari

“Pandemiya davrida 27 ming nafar ishsizga 20 milliard so‘mga yaqin nafaqa to‘lab berildi” – Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari


Bugungi pandemiya vaqtida O‘zbekistondagi 493 ming nafar fuqaro o‘z ish o‘rniga ega bo‘ldi. Shu jumladan, “temir daftar”ga tushgan kambag‘al oilalarning 96 ming a’zosi ham ish bilan ta’minlandi. Bu haqda 20-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qilindi.

“Daryo” muxbirining xabar qilishicha, tadbirda qatnashgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov ishsiz aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarga to‘xtalib o‘tdi.

“Koronavirus pandemiyasi davrida ishsiz fuqarolar, kambag‘al oilalarning ishga muhtoj bo‘lgan ishsiz a’zolari, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘ndan ortiq instrumentlar kiritganmiz. Ular juda oddiy, xalqimizga tushunarli va samarali. Mana shu instrumentlar orqali pandemiya vaqtida 493 ming fuqaroning bandligini ta’minladik. Shu jumladan, ‘temir daftar’ga kirgan kambag‘al oilalarning 96 ming nafar a’zosini ishga joyladik.

Biz, asosan, beshta: o‘zini band qilishga yordamlashish, tadbirkorlikka ko‘maklashish, ish beruvchilarga ishsiz fuqarolarni ishga olishga rag‘batlantirish, vaqtinchalik bandlikni ta’minlash va ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishlarida ish olib boryapmiz.

Aytish mumkinki, boshqa davlatlar ishsiz fuqarolarga pul tarqatib berish yo‘lidan bordi. Buni vertolyot pul deyishdi, boshqa deyishdi. Ammo bu ko‘p mamlakatda o‘zini oqlamadi. Chunki ishsiz odam o‘zining psixologik nuqtayi nazaridan ishsiz bo‘lib qolaveradi. Pul keladi, ammo u yana tushkunlik holatida qolaveradi.

Biz bu borada boshqacha yo‘l tutdik. Xalqimizning mehnatsevarligi, mehnatga bo‘lgan munosabatini bilib, ularning bandligini ta’minlash uchun instrument yaratyapmiz hamda shu orqali ularga moddiy yordam beryapmiz.

Lekin ishsizlarni vaqtida ish bilan ta’minlay olmasak, ularga ishsizlik nafaqasi ham tayinlanyapti. Hozir bu osonlashtirilgan yengil tartibda to‘lanmoqda. Shu kungacha 27 ming nafar ishsizga 20 milliard so‘m atrofida nafaqa to‘lab berildi. Bu ishlarni albatta, yana davom ettiramiz.

Biz respublikamizdagi barcha tuman va shahar sektorlaridan instrumentga nisbatan ehtiyojini aniq hisob-kitob qilyapmiz. Ularni jamlab, yana moliyaviy yordam kerak bo‘lsa, hukumatimizga murojaat etamiz”, — dedi vazir o‘rinbosari.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют