» » Neyrobiologlar qahva va shokolad saratonning oldini olib, miya faoliyatini yaxshilashini aniqladi

Neyrobiologlar qahva va shokolad saratonning oldini olib, miya faoliyatini yaxshilashini aniqladi


AQSh va Yaponiyaning nufuzli universiteti olimlari, miyaning tonusda bo‘lishi va bir qator kasalliklarga chalinishning oldini olish uchun qahva ichish va shokolad yeyish kerak degan xulosaga keldi.

Ta’kidlanishicha, neyrobiologlar qahva va tarkibida kofein bo‘lgan mahsulotlar miya faoliyatiga qanday ta’sir o‘tkazishini o‘rganib, qahva ichish shunchaki foyda emas, balki ma’lum bosqichda zarur degan fikrga to‘xtalgan. Qarish muammolari bo‘yicha Milliy institut va Jons Hopkins universiteti (AQSh) tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadqiqotda olimlar metilksantin — qahva, kakao, shokolad va choy tarkibidagi organik birikmalarni o‘rgangan.

Tadqiqotda, ushbu mahsulotlar neyron tarmoqlari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, insult, Alsgeymer va Parkinson kasalliklariga chalinishdan saqlashi mumkin ekanligi aniqlangan. World Journal of Surgical Oncology’da yozilishicha, o‘tkazilgan 11 yirik tadqiqot natijasiga ko‘ra, kofein nafaqat Alsgeymer kasalligi balki, miya saratonining ham oldini olish mumkin.

Yaponiyaning Okayama universiteti olimlari esa qahva tarkibidagi qator komponentlar, miya glial hujayralarining antioksidantlik xususiyatini kuchaytirib, uning faoli ishlashiga olib keladi degan xulosaga kelgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют