» » Toshkentda koronavirusga chalingan 68 yoshli ayol vafot etdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 68 yoshli ayol vafot etdi


Toshkentda koronavirusga chalingan 68 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli M.I. ismli ayol 25-iyundan 14-iyulga qadar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida davolangan.

15-iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va u o‘ta og‘ir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

Bemorga COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi hamda poliorgan yetishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, infarktdan keyingi kardioskleroz, qandli diabetning og‘ir kechishi kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etgan.

Bu “Daryo” hisobi bo‘yicha 21-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi 97-o‘lim holati. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etib kelayotgan statistika bo‘yicha esa mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 93 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: “Vafot etganlarning 80 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda” — Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют