» » O‘zbekiston IIV YHXBB podpolkovnigi 51 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston IIV YHXBB podpolkovnigi 51 yoshida vafot etdi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati katta mutaxassisi, podpolkovnik Zoyir Saydaliyev 2020-yil 21-iyul kuni 51 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.

“Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati katta mutaxassisi, podpolkovnik Zoyir Saydaliyev Ahmatovichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Xabarda podpolkovnikning o‘limi sababiga aniqlik kiritilmagan. IIV matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Zoyir Saydaliyevning vafotiga koronavirus infeksiyasi sabab bo‘lgani hozircha tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, 12-iyul kuni Sergeli IIO FMB podpolkovnigi, 13 va 14-iyul kunlari Toshkent shahar IIBB mayori va IIV podpolkovnigi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgan, keyinroq mazkur uchta o‘lim holati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют