» » Ramosdan Messigacha. La Ligada mavsum ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

Ramosdan Messigacha. La Ligada mavsum ramziy terma jamoasi e’lon qilindi


Ispaniyaning Marca nashri La Liga 2019/20-yilgi mavsumining ikkita ramziy terma jamoasini e’lon qildi.

Birinchi jamoadan eng ko‘p “Real” vakillari o‘rin oldi — 4 nafar. “Villyarreal” va “Sevilya”dan 2 nafardan, vitse-chempion “Barselona”dan esa faqat Lionel Messi mazkur jamoaga kiritildi.

Birinchi jamoa quyidagicha ko‘rinishda:

Darvozabon: Tibo Kurtua (“Real”)

Himoyachilar: Felipe (“Atletiko”), Serxio Ramos (“Real”), Diego Karlos (“Sevilya”)

Yarim himoyachilar: Kazemiro (“Real”), Lukas Okampos (“Sevilya”), Santi Kasorla (“Villyarreal”), Martin Edegor (“Real Sosyedad”)

Hujumchilar: Lionel Messi (“Barselona”), Karim Benzema (“Real”), Xerar Moreno (“Vilyarreal”).

Ikkinchi jamoa:

Darvozabon: Yan Oblak (“Atletiko”)

Himoyachilar: Xesus Navas (“Sevilya”), Rafael Varan (“Real”), Xerard Pike (“Barselona”), Jene Dakonam (“Xetafe”)

Yarim himoyailar: Toni Kroos (“Real”), Raul Garsiya (“Atletik”), Frenki de Yong (“Barselona”), Mikel Oyarsabal (“Real Sosyedad”)

Hujumchilar: Markos Lyorente (“Atletiko”), Luis Avila (“Osasuna”).

Mavsum yakunlariga ko‘ra, “Real” 87 ochko to‘plagan holda eng yaqin ta’qibchisi “Barselona”ni 5 ochkoga ortda qoldirib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. “Atletiko” va “Sevilya” Chempionlar Ligasiga yo‘llanmani naqd qilgan bo‘lsa, “Villyarreal”, “Real Sosyedad” va “Granada” kelasi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etadi. “Leganes”, “Malyorka” va “Espanyol” La Ligani tark etdi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют