» » Maurisio Pochettino “Yuventus”ni boshqarishga tayyor ekanini bildirdi

Maurisio Pochettino “Yuventus”ni boshqarishga tayyor ekanini bildirdi


Argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino “Yuventus”da Mauritsio Sarrining o‘rnini egallashi mumkin, deya xabar qilmoqda Daily Mail.

Ta’kidlanishicha, turinliklar rahbariyati Sarrining ishidan norozi. Klub Pochettinoning vakillari bilan norasmiy muzokaralar o‘tkazgan. Argentinalik mutaxassis “Yuventus”da ish boshlashga tayyor ekanini bildirgan.

Pochettinoning so‘nggi jamoasi “Tottenhem” bo‘lgandi. U 2019-yilning noyabrida “shporlar” boshqaruvini tark etgan va uning o‘rnini Joze Mourinyo egallagandi.

Avvalroq Pochettinoga “Nyukasl” va “Inter”dan qiziqish borligi xabar qilingandi. Ayrim ispan OAV mutaxassis qishda “Barselona” taklifini rad etganini xabar qilgandi. Shuningdek u yaqinda “Monako”ning taklifiga rad javobini bergan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют