» » Rianna Yelizaveta II ning suratlarini fotomontaj qilib, qirolichani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Rianna Yelizaveta II ning suratlarini fotomontaj qilib, qirolichani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi


Amerikalik xonanda Rianna o‘zining Instagram’dagi sahifasida o‘z tanasiga Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning boshi fotomontaj qilingan to‘rtta suratni joyladi. Bu haqda The Independent nashri ma’lum qildi.

Qayta ishlangan suratlar 23-aprel, yakshanba kuni e’lon qilingan. Bu orqali qo‘shiqchi 21-aprel kuni 91 yoshga to‘lgan qirolichani tabriklagani bildirilmoqda. Dam olish kunlari har bir surat 70 mingdan 800 minggacha layk yig‘gan.

Suratlarga qoldirilgan izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar Riannani qirolichaga hurmatsizlikda ayblab, uni tanqid qildi. Ba’zi foydalanuvchilar uning suratlari beo‘xshov va noo‘rin ekanligini hamda buning uchun u uyalishi kerakligini ta’kidladi.

Ko‘pchilik Riannaga bu tajribani boshqa takrorlamaslikni va sahifasiga o‘z suratlarinigina joylashni maslahat berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют