» » Ilon Mask birinchi marta dunyoning eng boy odamlari beshligiga kirdi

Ilon Mask birinchi marta dunyoning eng boy odamlari beshligiga kirdi


Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask dunyoning eng boy besh kishisi qatoriga kirdi. Bu haqda Meduza nashri Forbes jurnaliga tayanib xabar berdi.

20-iyul Tesla aksiyalari savdosi natijalariga ko‘ra, Maskning boyligi 74,2 milliard dollarga baholandi.

Amerikaning Forbes nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, yil boshida Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida atigi 37-o‘rinni egallagan edi. Uning boyligi Tesla aksiyalarining narxi ko‘tarilishi bilan bog‘liq ravishda oshgan.

Mazvuga doir: Fotojamlanma: Ilon Maskning Los-Anjelesdagi 29 mln dollarlik hashamatli koshonasi

20-iyul kuni kompaniya aksiyasi narxi 9,5 foizga ko‘tarilib, bir dona aksiya 1 664 AQSh dollarini tashkil qildi. Uch hafta ichida, 29-iyundan boshlab, aksiyaning qiymati 60 foizga oshdi. Yil boshidan beri esa qariyb 300 foizga ko‘tarilgan.

Tesla hozirda nafaqat bozor hajmi 304,5 milliard dollarga teng eng qimmatbaho avtomobil ishlab chiqaruvchi, balki Ford, Ferrari, General Motors va BMW’dan ham qimmatroq bo‘lgan kompaniya hisoblanadi.

Maskdan yuqoridagi o‘rinlarni Facebook asoschisi Mark Sukerberg (4-o‘rin, 90 milliard dollar), Microsoft asoschisi Bill Geyts (3-o‘rin, 113 milliard dollar), Louis Vuitton Moet Hennessy prezidenti Bernard Arnault (2-o‘rin, 114 milliard dollar) va Amazon bosh direktori Jeff Bezos (1-o‘rin, 189 milliard dollar) band qilgan.

Mavzuga doir: Xakerlar Bill Geyts, Ilon Mask va Kanye Uestning Twitter akkauntlarini buzib kirib, bitkoin talab qildi

Avvalroq Ilon Mask bu reytingda Berkshire Hathaway direktorlar kengashi raisi Uorren Baffettni ortda qoldirgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют