» » Sulton tex group Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudida hokimlikka yutqazdi

Sulton tex group Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudida hokimlikka yutqazdi


Sulton tex group ishini ko‘rib chiqqan Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi Qarshi tuman ma’muriy sudining 2020-yil 8-iyundagi kooperatsiya atalmish MChJ guvohnomasini bekor qilish haqidagi qarorini rad etdi. Endilikda nomida kooperatsiya so‘zi bo‘lgan MChJ bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev topshirig‘iga ko‘ra, tumanda tashkil etilishi lozim bo‘lgan fermerlar kooperatsiyasi sifatida ish yuritishi mumkin. Bu haqda sud ishida qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Viloyat ma’muriy sudi, shuningdek, Qarshi tuman hokimligi mansabdor shaxslarining tumandagi fermer xo‘jaliklarini 2020-yil uchun paxta xomashyosi va urug‘lik paxta xarid qilish bo‘yicha kooperatsiya atalmish MChJ bilan kontraktatsiya shartnomalarini tuzishga majburlashdan iborat xatti-harakatlarini qonunga xilof emas deb topdi.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda Prezident ishonch bildirgan klasterni tugatish uchun fermerlar bo‘sh shartnomaga muhr bosib, imzo qo‘yishga majburlanmoqda

Holbuki, bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan fermerlar Qarshi tuman hokimi o‘rinbosari Akrom Aripov fermerlarga kooperatsiya nomidan bo‘sh shartnoma berib, imzolashdan bosh tortishsa, yerini tortib olish bilan qo‘rqitganini aytgandi. 2020-yil aprel oyida tuzilgan shartnomalar Qarshi tuman ma’muriy sudiga 2020-yil iyun oyida taqdim etilganda ham shartnoma imzolangan yil va sana ko‘rsatilmaganligi uchun sudya e’tiborini tortgandi.

Buning sababini izohlagan kooperatsiya atalmish MChJ mas’uli Nurbek Mo‘minov esa “Bu shartnomalarimiz hali davlat ro‘yxatidan ham o‘tkazilmagan” degandi.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda fermerlarni shartnoma tuzishga majburlayotgan tashkilot kooperatsiya bo‘lolmasligi aytildi

Foto: “Daryo”

Achinarlisi, Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi tuman sudining hokimlik mansabdor shaxslarining xususiy korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga aralashishini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorini ham bekor qildi.

Dastlabki sud majlisida so‘z olgan Sulton tex group korxonasi rahbari Nurbek Ergashev sudga Qarshi tuman hokimligi mas’ullari korxonaning hisob raqami Qarshi shahrida joylashganiga e’tiroz bildirayotganini, korxona rahbariyatidan hisob raqamini tumandagi banklarga ko‘chirib kelishni talab qilayotganini bildirgandi. Hokim Maqsuda Mustafoyeva esa garchi bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevga yozgan xatida korxona hisob raqami tumanda bo‘lmaganini, buning uchun Sulton tex group korxonasi rahbariyatini ogohlantirganini yozgan bo‘lsa-da, sudda buni tan olmagandi.

Mavzuga doir: Qarshi tuman hokimi va o‘rinbosari sudda ikki xil ko‘rsatma berdi. Qay birining gapi rostligi ochiq qolmoqda

Mazkur vajlarni eshitgan va bosh vazir o‘rinbosariga yuborilgan tuman hokimi xatini ko‘rgan Qarshi tuman ma’muriy sudi klaster rahbariyatining talabini qondirib, hokimlik mansabdor shaxslariga korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga aralashishini taqiqlagandi.

Qashqadaryo viloyat ma’muriy sudi ro‘yxatdan o‘tgan nomida kooperatsiya so‘zi bo‘lgan MChJning fermerlar bilan shartnoma imzolashi klaster manfaatiga ta’sir qilmasligini aytib, kooperatsiyaning fermerlar bilan shartnoma tuzishiga qarshilik qilingan sud qarorini bekor qildi.

Eslatib o‘tamiz, Qarshi tumanida paxta yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi Sulton tex group xususiy korxonasi rahbarligidagi klaster bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati va salohiyatini baholash bo‘yicha Respublika Ishchi guruhi rahbari O‘ktam Barnoyev, qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev va uning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayevni sudga bergandi. Dastlabki sud majlisiga bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev bormagani bois ishni qoldirgan Qibray tuman ma’muriy sudi 2020-yil 16-iyul kuni ishni ko‘rishni boshladi. Sud 2020-yil 23-iyulga qadar tanaffus e’lon qilgan.

Sudga berilgan qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev Sulton tex group korxonasi atrofidagi vaziyatga izoh berar ekan, paxtachilik klasteridan g‘alla hosildoriligi uchun so‘ralgan 5,6 milliard so‘m pul asosli tarzda so‘ralganini va bu qonunga zid emasligini isbotlashga urinishni ko‘rish mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 119) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют