» » Tom Kruz Britaniyadagi kafelardan biriga tushlik qilish uchun shaxsiy vertolyotida keldi (foto)

Tom Kruz Britaniyadagi kafelardan biriga tushlik qilish uchun shaxsiy vertolyotida keldi (foto)


Amerikalik taniqli aktyor Tom Kruz Britaniyaning Richmond shahridagi golf-klubda tushlik qilish uchun shaxsiy vertolyotida uchib keldi. Kruz hozirda “Uddalab bo‘lmas topshiriq” franshizasining 7-qismida suratga tushmoqda va u shu orqali vaqtini tejashga qaror qilgan ko‘rinadi, deb xabar beradi The Sun.

58 yoshli Kruzning vertolyoti golf maydonining o‘ziga qo‘ngan.

Gollivud yulduzi ko‘zga tashlanmaslikka uringan. U qora sviter, jinsi, beysbolka, qora ko‘zoynakda, yuzida esa himoya niqobi bo‘lgan. Biroq mahalliy golf-klubi tashrif buyuruvchilari aktyorni baribir tanib qolgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi bu kabi tashrifdan hayratga tushgan. Ular vertolyotni suratga olishga va selfiga tushishga kirishib ketgan.

Mavzuga doir: Tom Kruz filmdagi sahna uchun bir necha marotaba ekstremal tarzda parashyutdan sakradi

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют