» » Google Play’da Inglizcha-o‘zbekcha-inglizcha lug‘atning yangilangan nashri chiqdi

Google Play’da Inglizcha-o‘zbekcha-inglizcha lug‘atning yangilangan nashri chiqdi


2017-yil 19-aprel kuni Android qurilmalari uchun dasturlar do‘konlaridan eng yirigi bo‘lgan Google Play’da tuzuvchi Akbar Holmurodovning Inglizcha–o‘zbekcha va O‘zbekcha-inglizcha lug‘atining yangilangan nashri chiqdi.

Hozirgi yangilangan nashrga 15 mingdan ortiq so‘z va ibora qo‘shilgan, shunday qilib u 60 mingdan ortiq lug‘aviy maqolalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu lug‘at hozirgi kunda Android qurilmalari uchun mo‘ljallangan eng mukammal lug‘at hisoblanadi. Unda berilgan o‘zbekcha iboralar va maqollarning ko‘pligi hech kimni befarq qoldirmaydi.

Lug‘atning qog‘ozli nashri ilk bor 2005-yilda Toshkent shahrining G‘ofur G‘ulom nashriyotida qattiq ko‘k muqovada chop etilgan edi. Android dastur sifatida lug‘at 2014-yilda Google Play’ga joylashtirilgan. Tuzuvchining aytishicha, endi so‘zlar bazasi muntazam ravishda yangilanib boradi va natijada yanada mukammallashib boradi.

Shuni aytib o‘tish joizki, lug‘at mutlaqo bepul, hajmi katta emas va foydalanishga juda qulay. U ingliz tilini o‘rganuvchilar, o‘qituvchilar, tarjimonlar va turistlar uchun foydali vosita bo‘ladi.

Lug‘atni mazkur havola orqali yuklab olish mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют