» » Toshkentda 74 ta ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinika aholiga kun-u tun xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tkazildi

Toshkentda 74 ta ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinika aholiga kun-u tun xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tkazildi


AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi shtab a’zosi Barno Odilova COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni ambulator sharoitda aniqlash, tashxis qo‘yish, davolash va reabilitatsiya qilish jarayonini takomillashtirish choralari haqida ma’lum qildi.

Ularga ko‘ra

Har bir poliklinikada mikrouchastkalar tashkil qilinib, ularga mas’ullar biriktirilgan va ularning asosiy vazifasi sifatida quyidagilar belgilangan:

Buning uchun Toshkent shahar poliklinikalari 750 dona mobil telefon bilan ta’minlangan va har bir oilaviy poliklinikada tun-u kun faoliyat yuritadigan Call-markaz sharoiti yaratilgan.

Har bir poliklinikada ambulator davolanishga olingan bemorlardan xabar olish va uy-shifoxona sharoitida davolash uchun mobil brigadalar tashkil qilingan. Mobil brigadalar tomonidan bemorlar uchun dor-darmon yetkazib berilmoqda;

Ambulator-poliklinika tizimida faoliyat yuritayotgan tibbiy xodimlar mehnatini rag‘batlantirish maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan:

Bemorlarni aniqlash, diagnostikasi, davolash jarayonlarini tartibga solish maqsadida vazir o‘rinbosari boshchiligida COVID-19- ambulator shtabi tashkil qilindi, Telegram’da maxsus kanal tashkil qilingan. Ushbu kanalga Sog‘liqni saqlash, ichki ishlar, hokimlik va mahalla vakillari (har bir tuman uchun mas’ul) birlashtirildi va axborot almashinuvi ta’minlangan.

Tibbiyot xodimlari tomonidan COVID-19’ga taalluqli bo‘lgan hisobot shakllarini maqbullashtirish, soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Ambulator sharoitda davolanayotgan bemorlar nazoratini olib borish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash, ichki ishlar va mahallaning hamkorlikdagi faoliyat mexanizmi ishlab chiqilgan.

Avval Toshkentning Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz” pavilyonlarida koronaviruvsga chalingan bemorlarni joylashtirish uchun 500 kishiga mo‘ljallangan koyka-o‘rinlar tashkil qilingani, mazkur taqsimlash markaziga tibbiyot xodimlari ishga qabul qilinishi, shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumani Ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga shifokor va hamshiralar ishga taklif qilinayotgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 47) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют