» » Surxondaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida qidiruvga berilgan shaxslar Toshkent shahrida qo‘lga olindi

Surxondaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida qidiruvga berilgan shaxslar Toshkent shahrida qo‘lga olindi


Surxondaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida turli jinoyatlarni sodir etganligi uchun qidiruvga berilgan shaxslar Toshkent shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 169-moddasida (O‘g‘rilik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruv e’lon qilingan jizzaxlik 27 yoshli Dilshod A. 15-iyul kuni Mirobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan Qo‘yliq bozori hududida qo‘lga olindi.

Yakkasaroy tumani IIO FMB xodimlari 17-iyul kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasida (Firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvga berilgan, Toshkent viloyatida yashovchi 30 yoshli Bekzod M.ni Bektemir tumani hududida qo‘lga olgan.

19-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasida (O‘g‘rilik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qidiruv e’lon qilingan, Toshkent viloyatidan bo‘lgan 21 yoshli Andrey O.ni mazkur tuman hududida qo‘lga oldi.

Shuningdek, Termiz shahrida 2015-yilning 15-iyul kuni Jinoyat kodeksining 278-moddasi 2-qismida (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan termizlik K.A. 2020-yilning 20-iyul kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumani hududida qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, 18-iyul kuni Mirobod tumani jinoyat-qidiruv bo‘limi va PPX xodimlari Jinoyat kodeksining 248-moddasida (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvga berilgan 38 yoshli Nikolay Ya.ni Qo‘yliq bozori hududida qo‘lga oldi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют