» » Andijonda koronavirusga chalingan 42 yoshli erkak vafot etdi. U viloyatda COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan birinchi bemor

Andijonda koronavirusga chalingan 42 yoshli erkak vafot etdi. U viloyatda COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan birinchi bemor


Andijon viloyatida koronavirusga chalingan 42 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati Andijon shahrida yashagan 42 yoshli G‘.I.da 2020-yil 15-iyul kuni COVID-19 infeksiyasi borligi tasdiqlangan va u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Bemorga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, qandli diabet, semizlikning 4-darajasi kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan G‘.I.ning ahvoli keskin og‘irlashgan, bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etgan, deyiladi SSV xabarida.

G‘.I. — O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri Andijon viloyatida COVID-19 bilan kasallangan va mazkur infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan birinchi bemor.

Shuningdek, bu “Daryo” hisobi bo‘yicha 21-iyul soat 23:20 holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi 98-o‘lim holati. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etib kelayotgan statistika bo‘yicha esa mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 94 kishi vafot etgan.

Avval Toshkentda koronavirusga chalingan 64 yoshli erkak hamda 68 yoshli M.I. ismli ayolning vafot etgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют