» » Braziliya politsiyasi Paragvayda inkassatsiya xizmatiga hujumda gumon qilinayotgan uch kishini otib tashladi

Braziliya politsiyasi Paragvayda inkassatsiya xizmatiga hujumda gumon qilinayotgan uch kishini otib tashladi


Braziliya federal politsiyasi Paragvayda inkassatorlar talon-taroj qilinishiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan guruh bilan otishmaga kirishdi. Ulardan uch nafari o‘ldirildi, qolganlari yashirinishga ulgurdi, deya xabar beradi “TASS”.

Otishma Braziliyaning Paragvay bilan chegaradosh Parana shtatida ro‘y berdi. O‘ldirilganlar o‘zini “Poytaxtning birinchi qo‘mondonligi” deb ataydigan jinoiy guruh a’zolari ekanligi bildirilmoqda.

24-aprel, dushanba kuni 40—50 kishidan iborat jinoiy guruh Paragvaydagi Syudad-del-Este shahrida inkassatsiya xizmati bilan shug‘ullanuvchi Prosegur kompaniyasi bo‘limiga hujum uyushtirdi. Talonchilar portlovchi qurilma, snayper vintovkalari, pulemyotlar va boshqa yirik kalibrdagi qurollarga ega bo‘lgan.

Bir politsiyachi ularning qurboni bo‘ldi, Prosegur binosining yarmi vayron bo‘ldi. Guvohlar talonchilar o‘zaro portugal tilida gaplashgani uchun ularning qo‘shni Braziliyadan kelganini taxmin qildi.

OAV talonchilar 40 million dollarni o‘margani haqida ma’lum qildi, biroq Prosegur mazkur ma’lumotni tasdiqlamadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют