» » APL. “Manchester Siti” safarda 4 ta gol urib g‘alaba qozondi

APL. “Manchester Siti” safarda 4 ta gol urib g‘alaba qozondi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 37-turida “Manchester Siti” 21-iyul, seshanba kuni “Uotford” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida Rahim Sterling “shaharliklar”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay futbolchi dublini nishonladi. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar yana ikkita to‘p kiritishga erishdi.

63-daqiqada Fil Foden hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Oradan uch daqiqa o‘tib Emerik Lyaport jamoasining to‘rtinchi golini urdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Manchester Siti”ning ochkolari 78 taga yetkazib oldi va 2-o‘rinda bormoqda. “Uotford” (34) esa 17-pog‘onani band etgan.

APL

37-tur bahsi

21-iyul, seshanba

Gollar: 0:1 – 31 Sterling, 0:2 – 40 Sterling, 0:3 – 63 Foden, 0:4 – 66 Lyaport.

“Uotford”: Foster, Kabasele, Douson, Mariappa, Femeniya, Pereyra (Mazina, 87), Kleverli, Hyuz, Dukure (Chaloba, 82), Sarr, Dini (Uelbek, 67).

“Manchester Siti”: Ederson, Joau Kanselu, Uoker (Zinchenko, 64), Lyaport (Stounz, 74), Erik Garsiya, Rodri Ernandes, Bernardu Silva, Foden, de Bryuyne, Sterling (Mahrez, 64), Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Mariappa (80), Hyuz (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют