» » Ekofaol Greta Tunberg million yevrolik mukofotga loyiq ko‘rildi. U pullarni tabiat himoyachilariga berishga qaror qildi

Ekofaol Greta Tunberg million yevrolik mukofotga loyiq ko‘rildi. U pullarni tabiat himoyachilariga berishga qaror qildi


Galust Gyulbenkyan jamg‘armasi Portugaliyada “Insoniylik uchun” mukofotini 17 yoshli shvetsiyalik ekologiya faoli Greta Tunbergga topshirishga qaror qildi. Greta ushbu mukofotni tabiatni saqlab qolish va yoshlarni bu boradagi kurashga jalb etishdagi harakatlari sabab qo‘lga kiritgan, deb yozmoqda Meduza.

Mukofot puli deyarli bir million yevroni tashkil qiladi. Tunberg barcha pullarni atrof-muhitni himoya qiluvchi tashkilotlar hisobiga o‘tkazishini bildirgan.

“Bu men tasavvur qilganimdan ham ko‘proq pul, lekin barcha mablag‘ni o‘z fondim orqali iqlim inqirozidan zarar ko‘rgan odamlarga ko‘mak beruvchi tashkilotlar va loyihalarga o‘tkazib beraman”, — degan Tunberg.

I’m extremely honoured to receive the Gulbenkian Prize for Humanity. We’re in a climate emergency, and my foundation will as quickly as possible donate all the prize money of 1 million Euros to support ... ->
1/3 pic.twitter.com/Eti6AJXSvj

— Greta Thunberg (@GretaThunberg) July 20, 2020

Dastlabki 100 ming yevro mablag‘ Amazoniya o‘rmonlarini saqlab qolish va mahalliy aholiga koronavirusga qarshi kurashda yordam berayotgan SOS Amazonia hisobiga o‘tkaziladi. Yana 100 ming yevro Stop Ecocide loyihasiga yo‘naltiriladi, ushbu loyiha tashkilotchilari butun dunyoda tabiatga ziyon yetkazishni jinoyat ekanini isbotlash uchun kurashmoqda.

2018-yilda Greta Tunberg Shvetsiya parlamenti binosi yonida har juma kuni norozilik namoyishi o‘tkazishni boshlagan va hukumatdan iqlimni asrash bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazishni talab qilgandi.

2019-yilda bu kabi noroziliklar butun dunyo bo‘ylab yoshlar tomonidan o‘tkazilgan, Tunberg esa BMTning Nyu-Yorkda o‘tgan iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan anjumanida nutq so‘zlagan. 2019-yil oxirida Time jurnali shvetsiyalik o‘smir qizni “Yil odami” deb e’tirof etgan.

Mavzuga doir: Time jurnali o‘z muqovasida 100 nafar “Yil ayoli”ni jamladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют