» » O‘zbekistonda axborot va kiberxavfsizlik ta’minlangan tashkilotlar Top-10 taligi aniqlandi

O‘zbekistonda axborot va kiberxavfsizlik ta’minlangan tashkilotlar Top-10 taligi aniqlandi


O‘zbekiston Kiberxavfsizlik markazi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash reytingi aniqlandi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Reyting Kiberxavfsizlik markaziga davlat organlari tomonidan axborot va kiberxavfsizlikni monitoring qilish tizimi doirasida taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida baholandi.

Eng yuqori reytingdagi tashkilotlar Top-10 taligiga Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, qator bank va boshqa tashkilotlar, jumladan, joylardagi ijro hokimiyati organlari kirdi.

Ta’kidlash joizki, Adliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz), me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (Project.gov.uz), me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (Regulation.gov.uz), “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (E-notarius.uz), nodavlat notijorat tashkilotlari portali (E-ngo.uz), Davlat xizmatlari portali (Davxizmat.uz), “Intellektual mulk” axborot-qidiruv tizimi singari va boshqa yirik axborot resurslari tegishli.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют