» » Ozbekistonda litsenziyalash va ruxsatnoma olish talab etiladigan faoliyat turlari qisqartirilishi kutilmoqda

Ozbekistonda litsenziyalash va ruxsatnoma olish talab etiladigan faoliyat turlari qisqartirilishi kutilmoqda


Adliya vazirligi Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident farmoni loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoydi. Unda qariyb 1000 ga yaqin buyruqbozlik jarayonlarni soddalashtirish rejalashtirilgan.

Xabardor qilish tartibini alohida institut sifatida joriy etish rejalashtirilmoqda

Hujjat loyihasiga kora, 2020-yil 1-dekabrga qadar litsenziyalash, ruxsat berish va vakolatli organni xabardor qilish tartib-taomillardan otish va idoralararo elektron ozaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bolgan avtomatlashgan Litsenziya axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Xususan, maktabgacha talim, lombard, konsert-tomosha, veterinariya davolash, alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish kabi faoliyatlarini vakolatli organlarni xabardor qilish orqali boshlash mumkin boladi. Ommaviy axborot vositalarini royxatdan otkazishni ham shu yol orqali amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Litsenziyalanadigan va ruxsatnoma olish talab etiladigan faoliyat yonalishlari sonini qisqartirish kozda tutilmoqda

Farmon loyihasiga kora, 2021-yil 1-yanvaridan qariyb 100 ta litsenziyalanadigan faoliyat yonalishlari va 35 ta ruxsatnomalarni bekor qilish orqali yoki muqobil shakllarga otkazish nazarda tutilmoqda. Bu tadbirkorlik subyektlarining yiliga qariyb 125 milliard somdan ortiq mablaglarini tejash imkonini beradi.

Xususan, inson sogligiga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan faoliyat turlarini litsenziyalashdan chiqarib tashlash hamda xavflilik darajasi past bolgan faoliyatlarni tartibga solishning muqobil usullariga otkazish taklif qilinmoqda. Bular qatoriga auditorlik, baholash, rieltorlik, fonogrammalarni tayyorlash, yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyatini litsenziyalash kiradi.

Shuningdek, xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnoma va sport inshooti obyekti pasportini olish, trenerlik faoliyatiga olinadigan ruxsatnomalarni ham bekor qilish ham kozda tutilgan.

Qayd etilishicha, ayrim turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish tartibga solish gilyotinasi usulini qollash orqali amalga oshiriladi.

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish jarayonlari toliq elektronlashtiriladi

Buning uchun 2020-yilning 1-dekabrigacha Litsenziya axborot tizimi ishlab chiqilib, barcha litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarni yagona portal orqali hujjat topshirish, korib chiqish va uni berish amaliyoti yolga qoyiladi.

Vakolatli organlarga murojaat qilish, hujjatlarni topshirish faqat elektron tarzda amalga oshiriladi. Tadbirkordan ortiqcha hujjatlarni taqdim etishga chek qoyiladi. Litsenziya berish uchun boshqa organning malumotnomasi yoki boshqa hujjati kerak bolsa, tadbirkor ishtirokisiz vakolatli organning ozi yagona tizim orqali oladi.

Loyiha boyicha litsenziya va ruxsatnomalarni maxsus qogoz blankalarda rasmiylashtirish amaliyotidan voz kechib, QR-kod qoyilgan elektron hujjatlar taqdim etishga toliq otiladi.

Mazkur ishlar natijasida mamuriy tartib-taomillarni amalga oshirishdagi korrupsion holatlarning yuzaga kelishi cheklanadi, tadbirkorlarning Toshkent shahriga kelib-ketishi bilan bogliq vaqt va moliyaviy xarajatlari iqtisod qilinadi, davlat organlarining maxsus blankalarni ishlab chiqarishga bir yilda yonaltiradigan 13 milliard somdan ortiq mablaglari tejaladi va qariyb 3,5 million dona qogoz sarflanishining oldi olinadi.

Ushbu informatsion tizimni va dasturni ishlab chiqishda Adliya vazirligi grant mablaglarni jalb qilgan.

Loyiha bilan biznes jarayonlar va mamuriy tartiblarning keng kolamli yengillashtirilishi kozda tutilmoqda

Hujjat loyihasi bilan 115 ta litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilanmoqda hamda 14 turdagi faoliyatlar boyicha hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish rejalashtirilgan.

Xususan, kredit byurosini ochish uchun litsenziya olishda kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish talabini bekor qilish, ayrim faoliyat turlari uchun ustav fondi miqdoriga qoyiladigan minimal talablarni olib tashlash hamda turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlashtirishni ixtiyoriy etib belgilash taklif etilmoqda.

Shuningdek, vakolatli organlar tashabbusi bilan litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshirish taklif etilmoqda. Litsenziya berish togrisidagi arizalar oz vaqtida korib chiqilmasa, tadbirkorlik subyektining roziligi bilan unga avtomatik ravishda litsenziya yoki ruxsatnoma rasmiylashtirib beriladi. Bunday imkoniyat Litsenziya axborot tizimida nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, ruxsat berish tartib-taomillariga doir munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikni tizimlashtirish, kodifikatsiyalash va normativ yukini qisqartirish choralari koriladi.

Bunda 20 yil avval qabul qilingan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash togrisidagi, shuningdek, Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari togrisidagi qonunlarni birlashtirish orqali yagona qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, litsenziya va ruxsatnomalarning pasportlari joriy qilinadi. Pasportlarni ishlab chiqish natijasida tadbirkor katta hajmli nizomlar bilan tanishib otirishga zarurati qolmaydi. Faoliyatni amalga oshirish uchun asosiy malumot va talablar bitta hujjat pasportlarda aks ettiriladi.

Ushbu hujjat loyihasi muhokamasi 30-iyulgacha davom etadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-07-2020, 09:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -