» » O‘zbekistonda koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 100 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus asoratlaridan vafot etganlar soni 100 nafarga yetdi


Nukus shahrida yashovchi 42 yoshli B.D.da (erkak) 3-iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan va Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi, semizlik 2-darajasi asoratlari bilan kechgan.

“Biroq shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyiladi SSV axborotida. Vazirlik axborotida bemor aynan qachon vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

Bu Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan e’lon qilingan 96-o‘lim holatidir. “Daryo” hisob-kitobiga ko‘ra, vafot etganlar soni 100 nafarga yetdi.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Biroq ushbu holatlar haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют