» » Rossiyada o‘qiyotgan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys bilan Toshkentga olib kelindi

Rossiyada o‘qiyotgan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys bilan Toshkentga olib kelindi


Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan Rossiyaning Novosibirsk shahrida tahsil olayotgan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali Toshkentga olib kelindi, deb xabar beradi O‘zA.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida talabalar sanitariya qoidalariga ko‘ra tekshiruvdan o‘tgan. Ularning yuklari ham tegishli tartibda dezinfeksiya qilingan.

“Tomsk shahri Sibir federal okrugida tahsil olayotgan bu talabalar sog‘lig‘ini saqlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda karantinga olinadi. So‘ngra oilasi bag‘riga qaytadi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq bir guruh o‘zbekistonlik talabalar bosh vazir Abdulla Aripovga videomurojaat yo‘llab, uylariga qaytish uchun charter reys tashkillashtirib berishni iltimos qilishgan edi. Talabalarning ta’kidlashicha, ularning kunlik ahvoli kundan kunga yomonlashmoqda. O‘qishni bitirgan talabalardan yotoqxonani tark etish talab qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 15-iyul kuni Yevropa davlatlaridan 220 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali Toshkentga olib kelingan edi. 17-iyul kuni esa Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 20-iyuldan 2-avgustgacha amalga oshiriladigan navbatdagi charter reyslarning jadvali tasdiqlangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют