» » Toshkentda “Suvsoz” korxonasi rahbari vafot etdi

Toshkentda “Suvsoz” korxonasi rahbari vafot etdi


“Suvsoz” DUK rahbari Tohir Mirhidoyatov vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tohir Mirhidoyatov 1960-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini 1982-yilda tamomlagan. 2003—2012-yillarda “Suvsoz” davlat unitar korxonasi boshqaruvchisi, 2012—2015-yillarda Qurilish va investitsiya dasturlari departamenti boshlig‘i, 2015—2017-yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

U 2018-yildan buyon “Suvsoz” davlat unitar korxonasi boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Xabarda 60 yoshli Tohir Mirhidoyatovning o‘limi sababiga oydinlik kiritilmagan.

Bundan avval Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi direktori Baxitbek Elmonov, “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi”ning kapital qurilish bo‘yicha direktori Alisher Abduazizov, “Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda Abror Parpiyev, Markaziy bank raisining sobiq o‘rinbosari Ashur Qodirov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rassom Zubaydulla Botirov, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati katta mutaxassisi, podpolkovnik Zoyir Saydaliyev vafot etgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют