» » Afsonalar to‘qnashuvi. Mayk Tayson sentabr oyida Roy Jons bilan jang qilishi mumkin

Afsonalar to‘qnashuvi. Mayk Tayson sentabr oyida Roy Jons bilan jang qilishi mumkin


Professional boksning og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson to‘rt vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Roy Jonsga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin.

“Sports.ru” xabariga ko‘ra, tomonlar shartnoma masalalarini hal qilib bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, jang haqida ushbu haftada e’lon qilinishi mumkin.

Jang sentabr oyida AQShda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Mazkur bellashuv 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayson ringga qaytishi va bir nechta ko‘rgazmali janglarda ishtirok etishini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Mayk ringdagi so‘nggi jangini 2005-yil o‘tkazgan. Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

Roy Jons esa professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

Roy Jons va Mayk Tayson ishtirokidagi eng sara janglarni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют