» » O‘zbekistonga Rossiyadan 600 tonna urug‘lik kartoshka import qilinadi

O‘zbekistonga Rossiyadan 600 tonna urug‘lik kartoshka import qilinadi


Rossiyaning Tyumen viloyatidagi Uporovskiy tumanida faoliyat olib boruvchi “KRiMM” agrofirmasi va AGROVER qishloq xo‘jaligi kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasiga “Rozara” va “Red Skarlet” navli 600 tonna urug‘lik kartoshkasini import qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda “Tyumenskaya liniya” nashri xabar berdi.

O‘zbekistonga “KRiMM” agrofirmasining urug‘lik kartoshkasini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma firma tomonidan imzolangan ikkinchi shartnoma bo‘lib, birinchi shartnomaga asosan firma ikki ming tonna iste’mol uchun mo‘ljallangan kartoshka yetkazib bergan.

Birinchi shartnomani amalga oshirgach, ikki teng hamkor sifatida, biz o‘z ishimizga yuqori baho bedik. Bizning bir-birimizdan ko‘nglimiz to‘q. Shuning uchun 600 tonna urug‘lik kartoshka yetkazib berish bo‘yicha keyingi shartnomani imzoladik.

Gennadiy Ryazanov, “KRiMM” agrofirmasi bosh direktori

Urug‘lik kartoshkasi yuborilishdan oldin jiddiy sifat nazoratidan o‘tkaziladi. Urug‘likning dastlabki qismi O‘zbekistonga jo‘natilgan. Urug‘lik to‘liq hajmda 15-maygacha yetkazib beriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют