» » “Spartak” Oston O‘runov transferi uchun qancha mablag‘ taklif qilayotgani ma’lum bo‘ldi

“Spartak” Oston O‘runov transferi uchun qancha mablag‘ taklif qilayotgani ma’lum bo‘ldi


Moskvaning “Spartak” klubi “Ufa”ning 19 yoshli o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O‘runovni sotib olishga yaqin turibdi.

Sport24 jurnalisti Maksim Allanazarovga ko‘ra, Moskva klubi O‘runov uchun “Ufa”ga 2 million yevro to‘laydi. Agar futbolchi ikki yilni “Spartak”da o‘tkazsa, “Ufa” bonus tariqasida yana 2 million yevro oladi.

Shuningdek, tomonlar yana bir variantni ko‘rib chiqmoqda: “Ufa” dastlab O‘runov uchun 2 million yevro oladi, keyin esa “Spartak”ning Ostonni boshqa klubga transfer qilishidan tushadigan mablag‘ning teng yarmiga ega chiqadi.

Avvalroq “Spartak” futbolchining transfer masalasini hal etgani va tomonlar ayni damda O‘runovning shaxsiy shartnomasi masalasida muzokara olib borayotgani haqida xabar berilgandi.

“Ufa” Oston O‘runovni shu yilning fevral oyida o‘z safiga qo‘shib olgan. O‘runov Rossiya Premyer Ligasida 10 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka oldi.

Mavzuga doir: “Ufa” Oston O‘runovni sotishga qaror qildi. Unga Samvel Babayan boshqarayotgan klub ham da’vogar



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют