» » Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollar soni bo‘yicha Romarioga yetib oldi. Krishtianudan oldin faqat Pele bor

Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollar soni bo‘yicha Romarioga yetib oldi. Krishtianudan oldin faqat Pele bor


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Italiya chempionatidan o‘rin olgan “Latsio”ga qarshi o‘yinda (2:1) Ronaldu o‘zining rasmiy uchrashuvlaridagi 733 va 734-gollarini urdi. Shu tariqa Ronaldu ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 2-o‘rindagi Romarioga yetib oldi. Rasmiy o‘yinlardagi gollar soni bo‘yicha hamon Pele peshqadamlik qilmoqda. Uning hisobida 767 ta gol bor.

4-o‘rinda esa “Bavariya” sobiq hujumchisi Gerd Myuller bormoqda, uning hisobida 720 ta gol bor. “Barselona” hujumchisi Lionel Messi esa mazkur ro‘yxatda 5-o‘rindan joy olgan. Uning hisobida 716 ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” 2018-yilning yozida 117 million yevro evaziga Ronalduni sotib olgan. Ushbu mavsumda 35 yoshli hujumchi Italiya chempionatining 30 o‘yinida maydonga tushib, 30 ta gol urdi 6 ta golga hammualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ronalduning “Yuventus” safidagi dastlabki 50 ta golini tomosha qiling (video)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют