» » “Siz baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz”. Deputat Kusherbayev “O‘zavtosanoat”ning javobiga javob berdi

“Siz baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz”. Deputat Kusherbayev “O‘zavtosanoat”ning javobiga javob berdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev “O‘zavtosanoat” kompaniyasi tez yordam uchun avtomobillarni oshirilgan narxlarda sotayotganini tanqid qilgan edi. O‘z navbatida “O‘zavtosanoat” Rasul Kusherbayevning so‘zlariga javob qaytargan. Shundan so‘ng, deputat “O‘zavtosanot”ga qarshi navbatdagi bayonot bilan chiqdi.

Dastlab Kusherbayev UzAuto Motors tez yordam mashinalari oshirilgan narxda yetkazib berilayotganini tanqid qilgan edi. Bunga “O‘zavtosanoat” kompaniyasi javob bayonoti bergan (UzAuto Motors “O‘zavtosanoat” tizimidagi korxona hisoblanadi), biroq kompaniya bayonoti uning o‘z kanallarida emas, balki UzAuto Motors sahifalarida e’lon qilingan. Katta ehtimol bilan, ushbu holat tushunmovchilik keltirib chiqargan va deputat o‘zining e’tiroziga qaytarilgan javobni “O‘zavtosanoat”niki emas, UzAuto Motors’niki deb hisoblagan ko‘rinadi:

Men kechagi fikrimda uchta faktni keltirganman. Bular:

UzAuto Motors aytingchi, bularning qaysi biri yolg‘on?

Deputat qanday bo‘lishi kerakligi haqida o‘zingiz tushunmaydigan gaplar bilan hammani chalg‘itib, qonunlarni o‘zgartirish deputatlar qo‘lida-ku, deb o‘zingizni oqlamoqchi bo‘libsiz. Asosiy e’tiroz — sizning monopolist bo‘la turib, xalq fikri bilan hisoblashmasligingizda.

Endi agar kompaniyada yuristlar bo‘lsa yaxshilab qonunchilikni o‘qisin: sizga monopol huquqni parlament bermagan, siz Prezident va hukumat qarorlari bilan bu imtiyozlarga ega bo‘lgansiz va shular ortida “berkinmachoq” o‘ynayapsiz. Bu yerga “homiylik ishi” deb boshqa ishlarni tiqishtirib gapni olib qochmang. Agarki vaqti kelib parlamentga sizni vakolatlaringizni qonun bilan tartibga solishning imkoniyati berilsa, xalq vakillari xalq fikridan kelib chiqib, qaror qiladi. Bunga shubha qilmang!

Lekin hozir sizga xalq fikri qiziqmas. Agar qiziq bo‘lganida mart oyida qilgan ishingiz — monopol bo‘la turib butun xalqni norozi qilib avtomobil narxlarini bunchalik oshirmasdingiz, tez yordam uchun Damas’laringizni oshirilgan narxda xalqingizga sotmasdingiz.

Sizga homiylik qilmading, deb boshqa ishlarni so‘ramadik. Kim qo‘lidan nima kelsa qilyapti, siz esa qurbingiz yetadigan joyida qattiqlik qilyapsiz.

Meni populist, noprofessional, yolg‘onchi, ko‘r, kar, go‘l deysizmi yoki kimlargadir shikoyat qilasizmi farqi yo‘q. Men siz haqingizda ko‘pchilikka ma’lum haqiqatni aytaveraman: siz ichkarida baribir monopol va nomard ishtirokchi sifatida qolaverasiz. To‘g‘ri, bu gaplar og‘ir, lekin haqiqat shu.

Agar gapim noto‘g‘ri bo‘lsa qani ertagayoq xalqni norozi qilgan ish — avtomobil narxlarini tushiring, sotilmay chiriyotgan avtomobillarni yanayam arzon qilib soting, hech bo‘lmasa tez yordam uchun Damas’laringizni arzonlating, men yolg‘onchi bo‘lay, roziman.

Menga saylovchilar bilan qanday ishlashni o‘rgatish esa sizgamas. Har qalay sizdan farqli ravishda men imkoniyatim boricha ularni rozi qilishga harakat qilaman, og‘ir kunida foyda qilishni o‘ylamayman.

So‘nggida maslahatim: achchiq bo‘lsa ham faktni fakt bilan yengadi, oldi-qochdi, jahl gaplar bilan emas. Buni piarchilaringizga ham tushuntiring!

Rasul Kusherbayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Avval Toshkent shahri hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy uskunalar va tibbiy maqsadda foydalanish uchun Damas avtomobillarini sotib olgani xabar qilingandi. Shuningdek, 2020-yil 3-iyulda O‘zbekistonda Isuzu D-Max pikaplari negizida tez yordam mashinalari ishlab chiqarilishi, 7-iyulda O‘zbekiston koronavirusga chalingan bemorlar uchun yana 15 ta yangi reanomobil xarid qilingani, 20-iyulda esa Jizzaxda ishlab chiqarilgan Volkswagen Caddy negizidagi tez yordam avtomobillari Toshkentga yuborilishi haqida xabarlar berilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют