» » Jorj Sen-Pyer: “Habib — mukammal jangchi”

Jorj Sen-Pyer: “Habib — mukammal jangchi”


UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq Jahon chempioni Jorj Sen-Pyer Habib Nurmagomedov bilan ehtimoliy jangi haqida gapirib, uni mukammal jangchi deb atadi.

“Habib bilan jang qilish haqida o‘ylashning o‘zi hayajonli. Jangchi sifatida shuni aytishim mumkinki, har doim kuchlilar bilan kurashishni xohlayman. U hech qachon yutqazmagan, mukammal jangchi. Shuning uchun bunday jangning bo‘lishini xohlagan bo‘lardim. Gap bu yerda pulda emas.To‘g‘ri, pul muhim, ammo ushbu holatda u birinchi o‘rinda emas. Bu shon-sharaf, muvaffaqiyat va tarix masalasidir”, — deydi kanadalik sportchi.

Eslatib o‘tamiz, Jorj Sen-Pyer 2019-yilning fevral oyida rasmiy ravishda MMA’dagi faoliyatini yakunlagan.

Sen-Pyer umumiy hisobda 28 ta jang o‘tkazib, shulardan 26 tasida g‘alaba (8 ta nokaut) qozongan, 2 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Sen-Pyer ishtirokidagi eng sara janglarni tomosha qiling (video)

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют