» » Rossiyaning San-Fransiskodagi konsulligi Anna Repkina o‘ldirilishi sababini ma’lum qildi

Rossiyaning San-Fransiskodagi konsulligi Anna Repkina o‘ldirilishi sababini ma’lum qildi


Rossiyaning San-Fransiskodagi bosh konsulligi Oregon shtatida Anna Repkina o‘ldirilganini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Biz o‘ldirilgan ayolning qarindoshlariga xabar berdik, huquq-tartibot idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibmiz. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatga maishiy mojaro sabab bo‘lgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olindi”, — deya ma’lum qildi konsullik vakili.

Rossiyalik ayol AQShga 1-mart kuni kelgan va Korvallis shahrida yashagan. Uning o‘ldirilishida mahalliy fuqaro Uilyam Xargrouv gumon qilinmoqda.

Okrug prokurori o‘rinbosari Emi Matuskoga ko‘ra, Xargrouv Anna Repkina va yana bir ayol bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lgan. Anna esa ulardan birini tanlashni talab qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют