» » O‘zbekistonda qaysi sohalarning vakillari ko’proq koronavirusga chalingani aytildi

O‘zbekistonda qaysi sohalarning vakillari ko’proq koronavirusga chalingani aytildi


AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Barno Odilova O‘zbekistonda qaysi soha vakillari o‘rtasida koronavirusga chalinganlar ko‘proq ekanligini ma’lum qildi.

Jumladan, aholidan kelib tushgan “Hozirgi kunda COVID-19 bilan qaysi soha vakillari eng ko‘p zararlanganini aytsangiz. Shuningdek, qaysi soha vakillari kasallikning og‘ir ko‘rinishidan aziyat chekmoqda?”, — degan savolga mutaxassis quyidagicha javob bergan:

“Kasallikning og‘ir yoki yengil kechishi biror kasbga bog‘liq emas. Bu odamning organizmidagi immunitet holati, surunkali kasalliklarining og‘ir yoki yengil davriligiga juda ham bog‘liq. Bugungi kundagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kasallikning 30% xorijdan kelganlar orasida, 17% ular bilan muloqotda bo‘lganlar, qolaversa, haydovchilar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari hamda uy bekalari orasida qayd etilgan”.

Mavzuga doir: Habibulla Oqilov: “Pnevmoniya va koronavirus asorati bo‘lgan pnevmoniyani adashtirmaslik kerak”

Shuningdek, fuqarolarning mamlakatdan tashqariga chiqmagan bo‘lsa ham, ular bilan muloqotda bo‘lganlar juda ko‘pligi, aynan ular o‘zlarining kasallikka chalinganini bilmagan holda sababsiz ko‘chalarga chiqishi, turli oilaviy tadbirlar o‘tkazishi, mehmonga kelib-ketish orqali ham uy bekalar orasida juda ko‘p qayd etilgani ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda qat’iy karantin choralari joriy qilingan. 10-iyuldan to‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlandi, avtotransport harakati cheklandi, buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopildi, xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartirildi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют