» » Habib Nurmagomedov bo‘lajak raqibi Jastin Getjiga Konor bilan jang qilishni taklif qildi

Habib Nurmagomedov bo‘lajak raqibi Jastin Getjiga Konor bilan jang qilishni taklif qildi


Ikki vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov mazkur divizion vaqtinchalik chempioni Jastin Getjiga Konor Makgregor bilan jang qilishni taklif qildi. Bu haqda Habib va Getjining menejeri hisoblangan Ali Abdulaziz ma’lum qildi.

“Habib men orqali Jastin Getjiga Konor bilan jang qilishni taklif qildi, biroq Getji bunga rad javobini berdi.

Ayni damda Konor zaxira jangchisiga aylanishi mumkin — vazniga qarab yurishini tavsiya qilaman, balki, unga baxt kulib boqib, pul ishlab olar.

Unda Neyt Dias yoki Xorxe Masvidal bilan jang qilish varianti ham bor. Buni bizga qizig‘i yo‘q. Konor yaxshi raqiblar ustidan bir necha bor g‘alaba qozonishi kerak.

Habib bilan revansh jang uchun yagona yo‘l — Islom Maxachev bilan jang qilish va uni yengish, o‘shanda Habib u bilan jang qiladi”, — deydi Abdulaziz.

Mavzuga doir: 

Habib Nurmagomedov 2018-yilning oktabr oyida Konor Makgregorni UFC 229 musobaqasida mag‘lub etgandi.

Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor ishtirokidagi barcha janglar videosini bu yerda tomosha qiling (ko‘rish).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют