» » Real voqealar asosida suratga olingan turk seriallari

Real voqealar asosida suratga olingan turk seriallari


Turk kinosanoati ijodkorlari tomonidan muxlislarga taqdim qilingan seriallarning barchasi ham to‘qima emas, ular orasida hayotiy voqelikka asoslanganlari ham bor. Quyida ular haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

“Jimjitlik” (2012)

Bosh rollarda: Murat Yildirim, Asli Erver va Berk Xakman

Bolaligi qiyinchilik bilan o‘tgan turk bolalari o‘ylamay bajarilgan ishlari oqibatida qamoqqa olinadi. Yillar o‘tib ozodlikka chiqqanidan keyin o‘tmishni unutishni istagan do‘stlar haqidagi film voqealari 1997-yilda Turkiyada yuz bergan. 2016-yilda esa amerikalik ijodkorlar ushbu filmdan ilhomlanib remeyk suratga olgan va u “Jimjitlik o‘yini” deb nomlangan.

“O‘q” (2019)

Bosh rollarda: Engin Altaye Duzyatan

Reytingda past natija qayd qilgani sabab 7-qismdan keyin suratga olish ishlari yakunlangan fim sujeti mafiya bilan kurashishdan tap tortmagan turk prokurorining biografiyasiga asoslangan. Filmda aks ettirilgan voqea XX asrning 70-yillarida yuz bergan.

“Eslab qol sevgilim” (2006)

Bosh rollarda: Jansel Elchin, Beren Saat va Okan Yalabik

Serial Turkiyadagi eng muhim tarixiy voqealar fonida sodir bo‘lgan sevgi qissasi haqida hikoya qiladi. Serial sujeti tomoshabinni XX asrning 50—70-yillariga yetaklaydi.

“Istanbullik kelin” (2017)

Bosh rollarda: O‘zjan Deniz va Asli Enver

Ushbu serial shifokor-psixolog Gyulseren Budayijio‘g‘luning “Hayotga qayt” kitobi asosida suratga olingan. Muallif kitobda o‘z bemorlaridan birining hayotidagi voqealarini yoritgan bo‘lib, shundan keyin uning asari asosida serial suratga olish taklifi kelib tushadi. Natijada Gyulseren film ssenariy mualliflaridan biriga aylanadi. Serial sujeti turli sotsial sinflardan bo‘lgan ayol va erkakning sevgi hikoyasiga asoslangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 125) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют