» » Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari Hakimbay Xalimov 66 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etdi

Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari Hakimbay Xalimov 66 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etdi


O‘zbekiston bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston sobiq prokurori Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etdi.

“Bosh prokuratura rahbariyati va jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi organlarida xizmat qilgan 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Xalimov Hakimbay Ashirovichning vafoti munosabati bilan marhumning qarindosh va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi”, — deyiladi Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshligi Hayot Shamsuddinovning Telegram kanalida e’lon qilingan xabarda.

Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 1954-yilda tug‘ilgan Hakimbay Xalimov Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan va general-mayor unvoniga ega bo‘lgan. Hakimbay Xalimovda bir necha kun oldin koronavirus aniqlangan va 22-iyul kuni vafot etgan.

Hakimbay Xalimov O‘zbekiston bosh prokurori sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokurori lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan 2019-yilgacha Prezidentning Qoraqalpog‘istondagi Xalq qabulxonasi rahbari bo‘lgan. 2019-yildan beri Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 18-iyul holatiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda 9 bemorning ahvoli og‘irligi haqida xabar bergandi.

Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgan Qoraqalpog‘istondagi ikkinchi bemor bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi prokurorning vafoti bo‘yicha hozircha axborot bermagan.

Bu “Daryo” hisobi bo‘yicha 102-o‘lim holatidir. Hozirgacha ushbu o‘lim holatlarining 97 tasi haqida SSV axborot bergan.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Biroq ushbu holatlar haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov ham koronavirusga chalinib, Nukusda davolanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют