» » Me’yoridan ortiq tuz iste’mol qilayotganingizning 5 ta belgisi

Me’yoridan ortiq tuz iste’mol qilayotganingizning 5 ta belgisi


Siz tuz qo‘shib iste’mol qiladigan taomdagi mahsulotlar tarkibida shundoq ham natriy yetarli bo‘lishi va qo‘shimchadan keyin organizmda tuz miqdori oshib ketishi kuzatilishi mumkin. Bunda organizmda qanday belgilar kuzatiladi? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Organizm suyuqlik talab qiladi

Tuzli va sho‘r mahsulotlar iste’molidan keyin organizm suv talab qiladi. Chanqoq orqali miya siz kam suyuqlik ichayotganingizni ma’lum qiladi. Shu sabab organizmdagi suyuqlik balansini muvozanatda saqlash uchun ham ko‘p suv ichish kerakligini unutmaslik kerak.

Shishlar paydo bo‘ladi

Qonda natriy miqdori yuqori bo‘lganda suv hujayralarda to‘planib, shish kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shishlar asosan qorin atrofida va barmoqlarda kuzatiladi.

Bosh og‘rig‘i kuzatilishi

Hech qanday sababsiz bosh og‘rig‘i kuzatilishi ham organizmda tuz miqdorining yuqori ekanidan darak berishi mumkin. Ratsionda tuzning ko‘pligi miya-qon tomirlarining kengayishiga sabab bo‘lishi, buning oqibatida esa bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin.

Vazn o‘zgarmasligi

Sport bilan shug‘ullanish, ratsiondan zararli mahsulotlarni chiqarib tashlansa-da vazn o‘zgarmasligi ham ushbu muammo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunga hujayralarda to‘plangan tuzlar sababchi bo‘ladi.

Ta’m bilishdagi o‘zgarishlar

Salomatlikda paydo bo‘ladigan muammolardan tashqari keragidan ortiq tuz yeyish oqibatida ta’m bilishda ham o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Gap shundaki, tuz ta’m bilish retseptorlariga ta’sir qiladi va sizda avvalgidan ham ko‘proq tuz qo‘shilgan taom iste’mol qilish istagi paydo bo‘ladi. Tuzsiz taom bemaza tuyilishi mumkin, lekin ma’lum vaqt davomida kamaytirib borish natijasida ko‘niksa bo‘ladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют