» » Buxoroda tibbiyot muassasalari 50 dona kislorod konsentratori bilan ta’minlandi. Prezident shunday konsentratorlarni O‘zbekistonga olib kelish uchun maxsus samolyot ajratish haqida ko‘rsatma bergandi

Buxoroda tibbiyot muassasalari 50 dona kislorod konsentratori bilan ta’minlandi. Prezident shunday konsentratorlarni O‘zbekistonga olib kelish uchun maxsus samolyot ajratish haqida ko‘rsatma bergandi


Buxoro viloyat hokimligida koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish bo‘yicha tashkil etilgan maxsus shtab mas’ullarining “Daryo”ga xabar berishicha, hokimning aholiga murojaatidan so‘ng davolash-profilaktika sifatini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar boshlangan.

Bildirilishicha, 2020-yilning 19-iyul kuni koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga yordam berish, ularning nafas yo‘llarida kelib chiqayotgan muammolarga qarshi samarali kurashda kislorod ta’minotini yaxshilash maqsadida viloyatdagi tibbiyot muassasalari uchun har biri 12 million so‘m turuvchi 50 dona tibbiyot konsentratori sotib olingan.

Ta’kidlash lozim, 2020-yil 20-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida konsentratorlarni O‘zbekistonga olib kelish uchun maxsus samolyot ajratish haqida ko‘rsatma bergandi.

Bundan tashqari, aynan koronavirusga qarshi davo choralari ko‘rilayotgan muassasalarda, jumladan, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat kardiologiya dispanseri, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi va boshqa tibbiyot birlashmalariga bemorlar salomatligini tiklash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 100 dona maxsus SIPAP apparati taqdim etilgan.

“Muassasalarni qiymati 84 million so‘m bo‘lgan ko‘p funksiyali SIPAP zamonaviy uskunasi bilan ta’minlashda bevosita Buxoro viloyati hokimining tashabbuskorligi alohida ahamiyat kasb etdi”, — deydi koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish bo‘yicha maxsus shtab qoshida tashkil etilgan tahliliy markaz mas’uli.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda koronavirusga chalingan bemorlarni statsionar sharoitda davolash uchun 930 ta o‘rin hozirlangani, 10 ming nafar bemorga yetadigan, umumiy qiymati 5,2 milliard so‘mlik 49 turdagi dori vositalari zaxirasi yaratilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, hududdagi oilaviy poliklinikalarga ham 10 ta Damas ajratilgandi.

Mavzuga doir: “O‘zbekistonga zudlik bilan kislorod konsentratorlari kerak” — Aziza Umarova



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют