» » Toshkentning Olmazor tumanidagi bilyardxonada janjal ko‘targan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi

Toshkentning Olmazor tumanidagi bilyardxonada janjal ko‘targan shaxslarga nisbatan jinoiy ish ochildi


Toshkent shahar Olmazor tumanidagi bilyardxonada tungi vaqtda janjal keltirib chiqargan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 17-fevralidan 18-fevralga o‘tar kechasi taxminan soat 01:00 da 32 yoshli A.S. jinoiy sherigi 29 yoshli X.G‘. Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan bilyard klubiga spirtli ichimlik ta’sirida mast holatda kelgan. Mazkur klub ish boshqaruvchisi 55 yoshli D.I. ish vaqti yakunlanganini aytsa-da, ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, D.I.ni axloqsiz so‘zlar bilan haqorat qilib, sababsiz urib do‘pposlagan.

O‘sha vaqtda bilyard klubda bo‘lgan ishchilar va mijozlar A.S. va X.G‘.ning bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rganliklariga qaramay, ularga jiddiy qarshilik ko‘rsatib bilyard toshlarini otib, o‘zlaridan uzoqlashtirgan. Shundan so‘ng bezorilar takroran D.I.ning badaniga stul bilan urib, mushtlari bilan yuziga va badanining turli joylariga urib do‘pposlagan. D.I.ga sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari natijasiga ko‘ra A.S. va X.G‘.ga Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bezorilik) bilan ayb e’lon qilinib, jinoyat ishi tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют