» » O‘zbekiston 2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi

O‘zbekiston 2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi


O‘zbekistondan 2020-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, qiymati 886,4 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 2 068,3 tonna tarvuz mahsuloti xorijga eksport qilindi, deya xabar beradi Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati.

Qo‘mitaning ma’lumotlariga ko‘ra, tarvuz mahsulotining eksporti bo‘yicha Rossiya 1 179 tonna ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda. Lekin bu ko‘rsatkich 2019-yilning mos davriga nisbatan 228 tonnaga kam.

Bundan tashqari tarvuzlar Belarus, Estoniya, Mo‘g‘uliston, Polsha, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Qirg‘iziston hamda Birlashgan Arab Amirliklariga ham eksport qilinmoqda.

Jumladan, Belarusga 148,1 tonna, Qirg‘izistonga 216,5 tonna, Ukraina 184,5 tonna va Qozog‘istonga 319,2 tonna tarvuz eksport qilingan.

Avvalroq O‘zbekiston xorijga 61 million dollarlik gilos eksport qilgani haqida xabar berilgan edi.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют