» » Surxondaryoda koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak vafot etdi. Bu viloyatdagi 6-o‘lim holati

Surxondaryoda koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak vafot etdi. Bu viloyatdagi 6-o‘lim holati


Sog‘liqni saqlash vazirligi Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashagan, koronavirusga chalingan 40 yoshli T.X. ismli erkakning vafot etganini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashagan 40 yoshli T.X.da 12-iyul kuni COVID-19 infeksiyasi borligi tasdiqlangan va u viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor gipertoniya hamroh kasalligi bilan ham og‘rigan.

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Ammo shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishidan vafot etgan, deyiladi SSV xabarida.

Bu “Daryo” hisobi bo‘yicha 103-o‘lim holati. SSV hozirgacha ushbu o‘lim holatlarining 98 tasi haqida rasman axborot bergan. T.X. Surxondaryo viloyatida COVID-19 asoratlaridan vafot etgan 6-qurbon.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari Hakimbay Xalimov 66 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. Biroq ushbu holatlar haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют