» » O‘zbekistonda yana 55 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 18 379 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 55 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 18 379 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 2020-yil 22-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 55 kishiga ortib, 18 379  nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

22-iyul kun davomida (soat 10:00 holatiga ko‘ra +290 va soat 17:00  holatiga ko‘ra +153) 405 ta yangi kasallanish holati qayd etildi.

Kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 102 nafar, Andijon viloyatida 112 nafari, Namangan viloyatida 61 nafar, Qashqadaryo viloyatida 31 nafar, Surxondaryo viloyatida 15 nafar, Farg‘ona viloyatida 14 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Qoraqalpog‘istonda 4 nafar hamda Jizzax viloyatida 3 nafar, jami 351 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgan. Bu tuzalish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord.

O‘zbekistonda COVID-19’dan sog‘ayganlar soni 9872 nafarni (53 foiz) tashkil qilmoqda. 8409 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda, deyiladi SSV xabarida.

O‘zbekistonda COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan beri “Daryo” hisobi bo‘yicha 103 ta, SSV taqdim etib borayotgan statistika bo‘yicha esa 98 ta o‘lim holati qayd etilgan.

Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Keyinchalik Bosh prokuratura axborot xizmati O‘zbekiston bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston sobiq prokurori Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar qildi. Biroq SSV ushbu holatlar haqida ayni vaqtgacha axborot bermagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют