» » APL. “Liverpul” 8 ta gol urilgan o‘yinda “Chelsi”ni mag‘lub etdi

APL. “Liverpul” 8 ta gol urilgan o‘yinda “Chelsi”ni mag‘lub etdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 37-turining so‘nggi o‘yinida “Liverpul” va “Chelsi” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi.

Gollarga boy bo‘lgan bahsda maydon egalari g‘alabani nishonladi. Birinchi bo‘limning o‘zida darvozalar to‘rt bor ishg‘ol etildi. 23-daqiqada Nabi Keyta jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 38-daqiqada Trent Aleksandr-Arnold jarima zarbasini golga aylantirgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Jorjinyo Veynaldum hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Tanaffus arafasida Olivye Jiru londonliklarning ilk golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda ham to‘rtta to‘p kiritildi. Roberto Firmino va Aleks Oksleyd-Chemberlenning gollariga londonliklar Kristian Pulishich hamda Temmi Abrahamning kiritgan to‘plari bilan javob qaytardi.

Ushbu g‘alabadan keyin peshqadam “Liverpul” ochkolarini 96 taga yetkazdi. “Chelsi” esa 63 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.

So‘nggi turda Frenk Lempard shogirdlari “Vulverhempton”ga qarshi o‘ynaydi. Mersisaydlar esa “Nyukasl” mehmoni bo‘ladi.

APL

37-tur bahsi

22-iyul, chorshanba

Gollar: 1:0 – 23 Keyta, 2:0 – 38 Aleksander-Arnold, 3:0 – 43 Veynaldum, 3:1 – 45+3 Jiru, 4:1 – 55 Firmino, 4:2 – 61 Abraham, 4:3 – 73 Pulishich, 5:3 – 84 Oksleyd-Chemberlen.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson, Gomes, van Deyk, Veynaldum (Milner, 66), Keyta (Jons, 66), Fabinyo, Mane (Origi, 87), Firmino (Minamino, 87), Saloh (Oksleyd-Chemberlen, 79).

“Chelsi”: Arrisabalaga, Jeyms, Aspilikueta, Zuma, Alonso (Emerson, 88), Maunt (Hadson-Odoi, 59), Kovachich, Villian (Pulishich, 59), Jorjinyo, Ryudiger, Jiru (Abraham, 59).

Ogohlantirish: Gomes (83).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют