» » O‘zbekistonga Singapurdan 30 ta kislorod konsentratori beg‘araz yordam sifatida olib kelindi

O‘zbekistonga Singapurdan 30 ta kislorod konsentratori beg‘araz yordam sifatida olib kelindi


Singapurning Temasek Foundation jamg‘armasi 30 dona Yuwell 7F-5 kislorod konsentratorini beg‘araz asosda O‘zbekistonga taqdim etdi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 22-iyul kuni qurilmalarni O‘zbekiston tomoniga rasmiy topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kislorod konsentratorini O‘zbekistonga jo‘natish bilan bog‘liq tashkiliy jarayon O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yilning 20-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektordagi topshiriqlar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Qayd etilishicha, Singapur tomonining 30 ta kislorod konsentratorini yetkazib berish bo‘yicha qarori O‘zbekistonda COVID-19’ga qarshi kompleks chora-tadbirlar va qat’iy harakatlarni amalga oshirish maqsadida o‘z vaqtida va manzilli ko‘rsatilgan yordam bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, bu hamkor mamlakatning O‘zbekiston tibbiy muassasalarining samarali faoliyat yuritishi uchun taqdim qilgan ikkinchi insonparvarlik yordami hisoblanadi. Bundan oldin Singapur O‘zbekistonga 5 ming dona PZR test tizimlarini yuborgan edi.

Uskunalarni O‘zbekistonga olib kelish uchun 22 iyul kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan Shanxay shahri orqali reys tashkil qilindi. Ayni paytda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi kislorod konsentratorlarini qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, 20-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlarning chuqur tanqidiy tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kelish uchun maxsus samolyot ajratish haqida ko‘rsatma bergandi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekistonga dori vositalari va tibbiy buyumlarni, jumladan, kislorod konsentratorlarini import qilish jarayoni soddalashtirildi.

Avvalroq Buxoro viloyatida tibbiyot muassasalari 50 dona kislorod konsentratori bilan ta’minlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют