» » Andijon viloyati SEOMda 159 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Andijon viloyati SEOMda 159 mln so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi


Andijon viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari dezinfeksiyalovchi vositalar xarid qilish jarayonida 159,3 million so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda ”Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari “T.D.F” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qiymati 326,4 million so‘m bo‘lgan “Gipoxlorid kalsiy 65 foiz” dezinfeksiyalovchi vositasini 485,7 million so‘mga, ya’ni o‘rtacha bozor narxidan 159,3 million so‘m qimmatga sotib olgan. Shu tariqa viloyat SEOM mansabdorlari juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan markazning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoli rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi 2-qismi “a” (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan avval Qashqadaryo viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazida qariyb 918 million so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlangandi. Shuningdek, Navoiy viloyati Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan ajratilgan 500 million so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazini ta’mirlash ishlari jarayonida 189,2 million so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan.

Namangan viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari 250 million so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgan, shuningdek, mazkur SEOM iqtisodchisi 40 million so‘m pora bilan qo‘lga tushgan. Buxorodagi koronavirus bemorlari davolanayotgan shifoxonani ta’mirlashda 577 million so‘m talon-toroj qilingan

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2020-yilning birinchi yarim yilligida 2 584 ta moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazilib, natijada 81,7 milliard so‘m miqdoridagi budjet pullari noqonuniy sarflangani aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют